Prezident Shavkat Mirziyoyev MXX binosiga tashrif buyurdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev MXX binosiga tashrif buyurdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev MXX binosida yig‘ilish o‘tkazayotgani aytilmoqda.

Ishonchli manbamizga ko‘ra, soat 11:00da Prezident korteji Alisher Navoiy nomli O‘zbekiston Milliy kutubxonasi va “Hayat” mehmonxonasi oldidan MXX binosiga qarab yo‘l oldi.

Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisda qilgan Murojaatnomasida, MXX haqida qonun yo‘qligi, MXX shu kunga qadar Vazirlar Mahkamasi nizomiga amal qilib ishlayotgani haqida gapirib o‘tgan edi.

Bugungi yig‘ilish natijasida, MXX tizimida o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar