Toshkentdagi «O‘rikzor» ulgurji va chakana savdo bozori sotuvga qo‘yildi, bundan O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish bo‘yicha davlat qo‘mitasi ma’lumotlari darak bermoqda, deb ma’lum qildi Kun nashri.
Xususan, Davlat raqobat qo‘mitasining Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmasi tomonidan 2018 yil 31 yanvar kuni savdolarga qo‘yilgan davlat aktivlari ro‘yxatida savdo hamda xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ikkita mulk kompleksi ham ko‘rsatilgan.
Birinchi kompleks Toshkent halqa avtomobil yo‘lida joylashgan bo‘lib, maydoni 22,7 ming kvadrat m2.ga teng, 42,7 mlrd so‘mlik narxda taklif etilmoqda; ikkinchi kompleksning maydoni 23,6 ming m2 bo‘lib, Uyg‘ur ko‘chasida joylashgan – 62 mlrd so‘mdan.
Har ikki kompleks ham oferta shartnomasi bo‘yicha taklif etilmoqda va investitsiya majburiyatlari bilan sotiladi - yangi xaridor mazkur ob’kktlarga mablag‘ kiritishi lozim, uning aniq summasi ko‘rsatilmagan.
Hozirda komplekslar «O‘rikzor savdo kompleksi» MChJ balansida turibdi.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar