O‘rikzor bozoridagi yong‘in videolari ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi (video)

O‘rikzor bozoridagi yong‘in videolari ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi (video)
Qisqacha

Toshkent shahridagi O'rikzor bozorida yong'in sodir bo'lgani aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi. Tarqalgan tasvirlarda bozor hududidan quyuq tutun ko'tarilgani va voqea joyiga favqulodda xizmatlar yetib kelgani aks etgan. Hozirgi vaqtda yong'inning kelib chiqish sabablari, ko'lami, moddiy zarar miqdori hamda jabrlanganlar bor yoki yo'qligi haqida rasmiy idoralar tomonidan ma'lumot berilmagan.

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi O‘rikzor bozorida yong‘in sodir bo‘lgani aks etgan videolar keng tarqalmoqda. Tasvirlarda bozor hududidan quyuq tutun ko‘tarilgani va voqea joyiga favqulodda xizmatlar yetib kelgani aks etgan.

Videolar ostida foydalanuvchilar "O‘rikzor bozori. Alloh savdogarlarimizga sabr bersin" kabi izohlar qoldirib, hodisadan xavotir bildirayotganini ko‘rish mumkin.

Ayni paytda yong‘inning kelib chiqish sabablari, uning qay darajada bartaraf etilgani, olov qancha hududni qamrab olgani hamda yetkazilgan moddiy zarar miqdori haqida rasmiy idoralar tomonidan hozircha batafsil ma’lumot berilmagan.

Shuningdek, hodisa oqibatida jabrlanganlar bor yoki yo‘qligi ham hozircha noma’lum. Rasmiy tashkilotlarning qo‘shimcha axboroti e’lon qilinishi bilan voqea tafsilotlariga aniqlik kiritilishi kutilmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar