O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning kenja qizi, “Sen yolg‘iz emassan” Respublika jamoatchilik bolalar jamg‘armasi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi raisi, Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondi vasiylik kengashi raisi, O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi prezidenti Lola Karimova-Tillyayeva 2017 yil 28 avgust kuni Samarqandda o‘tkazilgan xalqaro konferensiya chog‘ida O‘zbekistonning YuNESKOdagi doimiy vakili sifatidagi faoliyatini yakunlashi haqida gapirgan edi.
Bir necha soat avval Lola Karimova-Tillyayeva bugun, 2 fevral kuni uning YuNESKOdagi so‘nggi ish kuni ekanini ma’lum qildi.
“Bugun mening O‘zbekistonning YuNESKOdagi elchisi vazifasidagi so‘nggi ish kunim. O‘n yil davomida diplomat sifatidagi faoliyatim, albatta, hayotimning muhim qismiga aylangan edi. Men ushbu bebaho tajriba, faoliyatim mobaynida tanishgan va birga ishlagan insonlar hamda eng muhimi – o‘z ona vatanimga xizmat qilish imkoniyatiga ega bo‘lganimdan behad mamnunman. Ortga nazar solar ekanman, vakolatxonamiz amalga oshirgan yorqin loyihalarni yod olaman.
O‘zbekistonning YuNESKOdagi Doimiy vakolatxonasi 2008-2017 yillardagi faoliyati mobaynida Navro‘z xalq bayrami, Katta ashula, o‘zbek palovi an’analari, Boysun madaniy merosi, Shashmaqom va Askiya YuNESKOning insoniyat nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritildi. 2016 yil dunyodagi eng katta tog‘ tizmalaridan biri, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston hududini qamrab olgan G‘arbiy Tyan-Shan Butunjahon madaniy va tabiiy meros ro‘yxatiga kiritildi. 2017 yil dekabr oyida atlas va adras to‘qish an’anaviy texnologiyasi YuNESKOning nomoddiy madaniy merosni asrab-avaylash bo‘yicha ilg‘or tajribalar ro‘yxatidan joy oldi”, deb gap boshlagan Lola Karimova-Tillyayeva.
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning kenja qizi bundan buyon ham madaniyat, ta’lim, ilm-fan va atrof muhitni asrash sohasidagi loyihalardagi ish faoliyatini davom ettirishini ham ta’kidladi.
Lola Karimova-Tillyayeva o‘z so‘zini quyidagicha davom ettiradi:
“Men “Sen yolg‘iz emassan” xayriya jamg‘armasi ishini davom ettirish va og‘ir yurak xastaliklari bilan og‘rigan bolalarga fransuz shifokorlari bilan hamkorlikda jarrohlik muolajalarini o‘tkazish bo‘yicha dasturlarni amalga oshirishni davom ettirish maqsadidaman. Shuningdek, imkoniyati cheklangan bolajonlarga va yordamga muhtoj boshqa o‘zbekistonlik bolalarga ko‘mak dasturlarini davom ettiramiz”. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas