09:30 / 07.02.2018
5 878

O‘zbekistonda jurnalist Dilmurod Saidov ozod qilindi

O‘zbekistonda jurnalist Dilmurod Saidov ozod qilindi
O‘zbekistonda 2009 yilda 12 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan jurnalist va huquq himoyachisi Dilmurod Saidov (Dilmurod Said) qamoqdan chiqarildi.

AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi bu borada tegishli bayonot bilan chiqqan.

“Amerika Qo‘shma Shtatlari 2009 yilda poraxo‘rlik va boshqa jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanib, 12 yilga ozodlikdan mahrum etilgan jurnalist va huquq himoyachisi Dilmurod Saidovning ozod qilinishini olqishlaydi. Dilmurod Sayidov doim aybsizligini ta’kidlab kelgan. 2016 yil sentyabrida prezidentlik lavozimiga kelganidan beri o‘nlab vijdon tutqunlari ozod etilgani uchun Prezident Mirziyoyevni qutlaymiz. Shuningdek, Prezident Mirziyoyev qonun ustuvorligi sohasini ham isloh qilish uchun muhim qadamlar qo‘ydi. Qo‘shma Shtatlar adolatni kutib, hamon qamoqda qolayotgan barcha vijdon tutqunlarini ozod etilishini, ozod etilganlarning huquqlarini qayta tiklashni va barcha fuqarolar uchun qonun ustuvorligi takomillashtirilishini kutib qoladi”, - deyiladi elchixona bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekison hukumati huquq himoyachilari A’zam Farmonov, Solijon Abdurahmonov, G‘anixon Mamatxonov, Muhammad Bekjonov, Murod Jo‘rayev, Erkin Musayev, Jamshid Karimovni ozod etish haqida qaror qabul qilgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda jurnalist Dilmurod Saidov ozod qilindi