Daromad olishning yo‘llari ko‘p. Kimdir ishlab chiqarish bilan, boshqasi xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi.
Biroq shunday insonlar borki, yerga bor qalb qo‘rini bag‘ishlaydi. Bog‘ qiladi, dalaga ekin ekadi. Mehnatga yarasha yer ham uni mukofotlaydi, albatta.
Rishton tumanida yerdan unumli foydalanayotgan fermer xo‘jaliklari talaygina. Mo‘’tabar Ahmedova ana shunday ishbilarmonlardan biri, deb yozadi «Oila davrasida» nashri.
— Dastlab, bog‘ yaratib, turli mevalarni yetishtirish istagi paydo bo‘lgandi, — deydi tadbirkor opa. — 2002 yilda 2 gektardan sal ko‘proq yer oldik va o‘rik, olcha, shaftoli, olma kabi mevali daraxtlar ko‘chatini o‘tqizdik. Ularni payvandlab, zararkunanda hasharotlarga qarshi dori sepib, tanasini oqlab turdik. Vaqt o‘tib, nihollar o‘sib, hosilga kirdi va foyda keltira boshladi. Foydani esa, faoliyatimizni bosqichma-bosqich kengaytirishga sarfladik.
Keyin yer maydonini 90 gektarga ko‘paytirdik va paxta-bug‘doy yetishtira boshladik. 2007 yilda chorvachilikni yo‘lga qo‘ydik. Shunday qilib daromad olishning yangi-yangi tarmoqlarini o‘zimiz uchun kashf etdik.
Paxta va g‘alla yetishtirishda qo‘shimcha ishchi kuchi juda muhim. Shu bois, hozirda 55 nafar doimiy ishchimiz bor. Yana 30 nafar mavsumiy ishchiga egamiz. Bog‘ ishlarini oilaviy o‘zimiz uddalayapmiz. Chorvaga esa, yem-xashagi vaqtida berib turilsa, kifoya.
Qiyinchiliklar ham yo‘q emas. Ba’zida paxta va g‘alla yetilganda texnika vositalari yetishmay qoladi. Hosil pishib yetilsa-yu, uni yig‘ib olishga kombayn bo‘lmasa, hosil to‘kilib ketishi, qilingan barcha mehnat besamar ketishi mumkin. Shu sababli olgan daromadimizdan fermer xo‘jaligi uchun muhim bo‘lgan texnika vositalari sotib olyapmiz.
Joriy yil 150 tonna g‘alla, 100 tonna paxta oldik. Shuningdek, bog‘dorchilik ham yaxshi foyda keltiryapti. Birgina o‘rikdan 10 tonna hosil oldik. Mevalarning quritilgani qimmatroq bo‘ladi. Shuning uchun kichikroq quritish moslamasi xarid qilib, unda mevalarni quritib omborda saqlayapmiz. Mahsulotimizni shartnoma asosida xorijga eksport qilish niyatidamiz.
Tadbirkorning kelgusi rejalari haqida so‘raganimizda parrandachilik va asalarichilik bilan shug‘ullanish niyatini aytdi. Yaqinda asalari oilasini xarid qilish uchun shartnoma imzolabdi.
Noilaxon Ahadova yozib oldi.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi