16:10 / 12.02.2018
16 495

Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk va yer solig‘i: yangiliklar nimalardan iborat?

Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk va yer solig‘i: yangiliklar nimalardan iborat?
Joriy yilda jismoniy shaxslarning mol-mulk va yer soliqlarini hisoblash tartiblariga qator o‘zgartirishlar kiritildi. Bu aholi orasida turli tushunmovchiliklarning kelib chiqishiga sabab bo‘ldi. Qashqadaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Shuhrat Rajabov quyidagi ma’lumotlarni keltirib o‘tdi.

Joriy yildan jismoniy shaxslarning mol-mulk va yer soliqlarini hisoblash tartibiga qator o‘zgartirishlar kiritildi. Bu borada aholida juda ko‘p savollar paydo bo‘lmoqda. Shu vaqtgacha ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ, ya’ni kadastr idoralari tomonidan belgilanadigan soliq solish ob’ektlarining inventarizatsiya qiymati to‘lovchilar uchun soliq solinadigan baza hisoblangan.

Endilikda, jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq mol-mulkning inventar qiymatidan emas, kadastr qiymatidan hisoblanishi joriy etilib, soliqning asosiy stavkasi 0,2 foiz qilib belgilandi (o‘tgan yili 1,7 foiz edi) va soliq hisoblashda kadastr qiymati 42 mln.so‘mdan kam bo‘lmasligi belgilab qo‘yildi.

Mol-mulkning kadastr qiymati mavjud bo‘lmaganda, soliq shartli qiymatda hisoblanishi belgilangan. Joriy yildan Toshkent, Nukus shaharlarida va viloyat markazlaridagi uy uchun 210 mln. so‘m, boshqa shaharlarda va qishloq joylarda 90 mln. so‘m miqdorida hisoblanishi o‘rnatildi.

Shu bilan birga, soliq yuki 2018 yilda keskin oshib ketmasligi uchun kadastr qiymatiga asosan hisoblangan soliq summasi 2017 yildagi soliq summasiga nisbatan 20 foizdan ko‘p bo‘lmasligi belgilandi.

Misol uchun, Qarshi tumanida joylashgan hovli-uyning kadastr qiymati 321,2 mln.so‘mni tashkil etib, 2018 yil uchun 429,1 ming. so‘m mol-mulk solig‘i hisoblanishi lozim edi, lekin, 2017 yilda ushbu mulk uchun hisoblangan soliq summasi 134,4 ming so‘m bo‘lgani uchun, 20 foizdan ko‘p bo‘lmasligi belgilanganligi inobatga olinib, 2018 yil uchun soliq 161,3 ming so‘m hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk va yer solig‘i: yangiliklar nimalardan iborat?