11:00 / 13.02.2018
4 912

Shavkat Mirziyoyev: "Xudo xohlasa, mehmonlarni dastlab Islom madaniyati markaziga, so‘ng «Navro‘z» parkiga olib boramiz" (video)

Шавкат Мирзиёев: "Худо хоҳласа, меҳмонларни дастлаб Ислом маданияти марказига, сўнг «Наврўз» паркига олиб борамиз" (видео)
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9 fevral kuni Toshkentda amalga oshirilayotgan bunyodkor bilan ishlari tanishish jarayonida yangi barpo etilayotgan «Navro‘z» istirohat bog‘i loyihasini ko‘zdan kechirdi. «O‘zbekiston 24» telekanalining «Axborot 24» dasturida Prezidentning yangi park haqidagi fikrlari e’lon qilindi.

«Navro‘z» bog‘i Toshkentning Abdulla Qodiriy, Sharof Rashidov va Labzak ko‘chalari kesishgan joyda, «Anhor-Lokomotiv» parki yonida qurilmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, bog‘ uchun 32 gektar yer ajratilgan.

Bu yerda 6 ming kishilik usti ochilib yopiladigan amfiteatr, diametri 72 metrlik charxpalak, har bir viloyat aholisining o‘ziga xos urf-odatlari, ajdodlarning yashash tarzi, milliy hunarmandlik, pazandalik an’analarini aks ettiruvchi uylar quriladi.

Bu sayil bo‘ladigan, odamlar kelib dam oladigan, tariximizni tarannum, madaniyatimizni namoyon etadigan joy bo‘lishi kerak. Bu joy Toshkentning madaniy markaziga aylanadi.

Ikki yil ichida namunaviy etnografik, haqiqatan ham Navro‘zni tarannum etadigan park quriladi. Kelgan mehmonlar bu parkni ko‘rib, hayron qolishi kerak.

Xudo xohlasa, mehmonlarni dastlab Islom madaniyati markaziga olib boramiz, u yerdan etnografik parkimizga olib kelamiz. Bu haqiqiy madaniyat o‘chog‘i, millatimizni, o‘zligimizni anglash markazi bo‘ladi.
Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti


Xabar berishlaricha, park 2019 yili to‘liq qurib bitkaziladi. Mustaqillik, Navro‘z kabi ulug‘ bayramlari mazkur bog‘da o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, majmuada ommaviy sayillar, konsertlar tashkil etish uchun sharoit yaratiladi. Istirohat bog‘i markaziga quyosh shaklida Navro‘z ramzi o‘rnatiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev: "Xudo xohlasa, mehmonlarni dastlab Islom madaniyati markaziga, so‘ng «Navro‘z» parkiga olib boramiz" (video)