Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida 6 kishining umriga zomin bo‘lgan portlash sabablariga aniqlik kiritildi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
Tumandagi Mustaqillik ko‘chasida yashagan pensioner A. Abdullayevaning uyida mehmonda bo‘lgan ukasi, Ishtixon tumanida yashovchi R.Primov 11 fevral soat 06.30 larda xonadagi elektr chirog‘ini yoqadi. Gaz quvuridan sizib chiqib, xonada to‘planib qolgan gaz va havo aralashmasidan portlash sodir bo‘lib, uy devorlari va 2-qavatdagi beton plitalar ag‘darilib tushadi.
Shu xonada uxlab yotgan A.Abdullayeva hamda uning voyaga yetmagan 3 nafar nabirasi, Ishtixon tumanida yashagan singlisi M.Primova hamda uning qizi Yu.Vahobova devor va beton plitalari tagida qolib, voqea joyida hayotdan ko‘z yumdi. R.Primov jarohat olib, kasalxonaga yotqizildi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»