Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida maktabgacha ta’lim tizimini isloh qilish va rivojlantirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi tahliliga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Unda maktabgacha ta’lim muassasalarining joylardagi ahvoli, sohadagi ishlarni jadallashtirish chora-tadbirlari muhokama qilinmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev bu tizimni har tomonlama tahlil qilib, shu paytgacha nazardan chetda qolgan eng kichik jihatlargacha e’tibor qaratdi.
Yig‘ilishda maktabgacha ta’lim muassasalarini qurish, ta’mirlash va jihozlash, davlat-xususiy sheriklik asosida xususiy bog‘chalar tashkil etish, ularda bolalarni belgilangan me’yorlar asosida to‘g‘ri va sifatli ovqatlantirish, tarbiyachilarning saviyasi, bilimi va ko‘nikmalarini oshirish kabi qator dolzarb vazifalar muhokama qilinmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi