Toshkentdagi eng sovuq Yangi yil kechasi bundan 125 yil kuzatilgani ma’lum qilindi

Toshkent shahridagi eng sovuq Yangi yil oqshomi bundan 125 yil muqaddam – 1889 yili kuzatilgan. Bu haqda, “O‘zgidromet”ga asoslanib, “Darakchi” gazetasi xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, Toshkent shahridagi eng iliq yangi yil kechalari XXI asrda kuzatilgan. 2009 yil 31 dekabr oqshomida havo harorati +17,7 daraja iliq bo‘lgan bo‘lsa, keyingi yil – 2010 yil 31 dekabrida Yangi yil +19,1 daraja iliq havo ostida kutib olingan.
Ayni vaqtda, O‘zbekiston poytaxtidagi eng sovuq Yangi yil oqshomlari XIX va XX asrlarda kuzatilgan. Xususan, 1929 yil 31 dekabrida havo harorati -20,8 darajagacha sovigan bo‘lsa, 1889 yili 31 dekabrida kuzatuvlar tarixidagi eng qahraton Yangi yil bo‘lib o‘tgan – shu kuni Toshkent shahridagi havo harorati -27,5 darajagacha sovigan.
Manba: Kun.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing