Toshkent shahar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi jismoniy shaxslarga tegishli ko‘chmas mulk kadastr qiymatini bilish imkonini beruvchi onlayn-xizmatini ishga tushirdi.
Mazkur xizmatdan boshqarmaning “Odnookno.uz” sayti orqali foydalanish mumkin. Narxni bilish uchun ko‘chmas mulk turi (kvartira, shaxsiy uy, noturar joy) va kadastr raqamini ko‘rsatish lozim.
Eslatib o‘tamiz, joriy yildan boshlab jismoniy shaxslar uchun mol-mulk solig‘i ko‘chmas mulkning kadastr qiymatidan kelib chiqib o‘rnatilayapti. Soliq stavkasi ko‘chmas mulk kadastr qiymatining 0,2 foizi hajmida belgilangan.
Ma’lumot uchun, “Bir oyna” bo‘limi kadastr inshootlariga mulkiy huquqqa ega bo‘lgan buyurtmachilar bilan ishlash, ko‘chmas mulkka kadastr ishini shakllantirish buyurtmasini bajarishni nazorat qilish va barcha ko‘rsatilayotgan xizmatlar bo‘yicha boshqa tegishli kadastr hujjatlarni tayyorlash kabi yo‘nalishlar bilan shug‘ullanadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin