17:30 / 16.02.2018
5 890

Mirziyoyev tut bargidan choy ishlab chiqarish loyihasini qo‘llab-quvvatladi

Mirziyoyev tut bargidan choy ishlab chiqarish loyihasini qo‘llab-quvvatladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Buxoro viloyatiga tashrifi davomida tut bargidan foydali choy ishlab chiqarish loyihasi taqdim etildi.

Mutaxassislarning fikricha, tut bargida kofein va tanin moddasi odatdagi choydan 200 barobar kam. Vitamin va minerallar esa, aksincha, ko‘proq.

Prezident Mirziyoyev bu loyihani ma’qullab, bunday choy aholi salomatligi uchun foydaliligi, import o‘rnini bosishi bilan alohida ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.

Buxoroda o‘rmon xo‘jaligi yo‘nalishida ham katta imkoniyatlar mavjud. O‘zbekistonda o‘sadigan shifobaxsh ne’matlar ko‘plab sohalarda keng qo‘llaniladi. Xususan, sistanxe va isiriq o‘simligiga xorijiy farmatsevtika korxonalarida talab yuqori. Birgina sistanxening dorivor xususiyati jenshen o‘simligiga qaraganda besh barobar yuqoriligiga e’tibor qaratildi.

Shavkat Mirziyoyev bunday tabiiy imkoniyatlarni to‘la ishga solish orqali yangi ish o‘rinlari yaratish, eksportni ko‘paytirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Mirziyoyev tut bargidan choy ishlab chiqarish loyihasini qo‘llab-quvvatladi