
O‘zbekistonda jazoni ijro etish muassasalarida mahkumlarni ijtimoiy-foydali mehnatga jalb etish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan.
Mahkumlarni mehnatga jalb etish orqali tarbiyalash, ularda kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish va olinayotgan daromadni qamoqda saqlanayotgan shaxslar sharoitini yanada yaxshilash maqsadida muassasalar huzurida davlat unitar korxonalari tashkil etilgan.
“Aytib o‘tish kerakki, jazoni ijro etish muassasalari ishlab chiqarish korxonalari tomonidan 2017 yil mobaynida 123,2 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi”, degan ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar