6 976
O‘zbekistondagi 9 ta bankdan plastik kartochkangizga “overdraft” krediti olishingiz mumkin
Tijorat banklari ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekistondagi 9 ta bank jismoniy shaxslarni kreditlash – overdraft xizmatini yo‘lga qo‘ygan. Xo‘sh, bu xizmatning qulayligi nimada? Bu kreditdan foydalanish uchun nima qilmoq kerak?
Overdraft kreditida ariza beruvchi oladigan o‘rtacha oylik ish haqining 3 baravar miqdoriga teng mablag‘ berilishi mumkin, deb yozadi Qalampir nashri. Kreditning faqat sarflangan qismiga foiz hisoblanadi. Overdraft 12 oygacha bo‘lgan muddatga beriladi.
Ariza beruvchining bank oldidagi majburiyatlari avtomatik ravishda, kelib tushgan pul mablag‘larini hisobdan chiqarish yo‘li bilan bajariladi. Ayrim banklar ariza beruvchining naqd mablag‘ to‘lash orqali hisob-kitob qilishiga ruxsat beradilar.
Ushbu imkoniyatlardan foydalanish uchun tegishli xizmatni yoqish lozim. Buning uchun bankka murojaat qilish zarur. Bank xodimi, muassasada amal qiluvchi Nizomga muvofiq, ariza yozib, pasport nusxasi va muayyan davrdagi daromadlaringiz to‘g‘risidagi ma’lumotnomani taqdim etishingizni so‘rashi mumkin. Ayrim banklarga STIR, SHJBPH, mehnat daftarchasi va sug‘urta polisining nusxalarini taqdim etish zarur. Shuningdek banklarda overdraft ochishga ish beruvchining roziligini talab qilishlari mumkin. Ariza yuzasidan qaror 3 kun ichida qabul qilinadi.
Biroq masofadan turib, mobil ilova orqali overdraftni rasmiylashtirish imkonini beruvchi takliflar ham kiritilmoqda.
Foiz stavkalari. Ushbu mezonga ko‘ra takliflarni 5 toifaga bo‘lish mumkin. Eng quyi foiz stavkasi – yillik 14% Asaka bank, Turonbank va Mikrokreditbankda belgilangan. Bunda Turonbankning takliflari faqat pensionerlarga mo‘ljallangan. Yillik 19, 24, 25 va 28% takliflar ham mavjud.
Takliflar turli guruhga mansub mijozlarga mo‘ljallangan. Aksariyat banklar faqat ish haqi plastik kartalariga xizmat ko‘rsatish shartnomalarini tuzgan korporativ mijozlarining xodimlariga overdraft-kreditlarni taklif etadilar.
3 ta bank korporativ mijozlarining xodimlariga ham, boshqa jismoniy shaxslarga ham kredit berishga tayyor. Takliflarning ushbu segmentida ham turli foiz stavkalari – yillik 14, 19 va 25% amal qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin