
Ahmadjon Tursunboyevning advokati sud hukmi ustidan shikoyat qilish tartibi va muddatiga asosan ish ko‘rishini aytib o‘tgan. Bu haqda “Axborot 24” dasturida ma’lum qilindi.
“Hukmni eshitdik. Himoyam ostidagi Ahmadjon Hamidovich Tursunboyevga nisbatan, himoya nuqtai nazaridan qaralganda, juda og‘irroq jazo berildi, deb hisoblayman. Sud qarorini olganimizdan keyin apellyatsiya instansiyaga shikoyat beramiz”, — dedi advokat Malika Mazbudova.
Avvalroq Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudi tomonidan chinozlik Ahmadboy (Ahmadjon Tursunboyev)ga nisbatan 13 yilga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlangani xabar berilgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar