13 088
Rashidjon Qodirov xorijga uchib ketmoqchi bo‘lganida Toshkent aeroportida ushlandimi?
2018 yilning 22 fevral kuni O‘zbekistonning sobiq Bosh prokurori Rashidjon Qodirov hibsga olingani haqida xabar bergan edik. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bugun, 24 fevral kuni ushbu ma’lumotni rasman tasdiqladi.
O‘zbekistonning sobiq Bosh prokurori tovlamachilik, hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish va pora olishda gumon qilinmoqda.
“Xabar.uz”dagi ma’lumotlarga ko‘ra, Rashidjon Qodirov xorijga uchib ketmoqchi bo‘lganida Toshkent aeroportida ushlangan. Bu ma’lumotni Bosh prokuraturaning rasmiy saytida bugun e’lon qilingan bayonoti ham qaysidir ma’noda tasdiqlaydi. Unda “23 fevral kuni R.X.Qodirov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangani” qayd etiladi.
Jinoyat-protsessual kodeksi (JPK)ning mazkur moddasida belgilanishicha, jinoyatni sodir etishda gumon qilingan shaxs quyidagi asoslar mavjud bo‘lganda ushlab turilishi mumkin:
1) shaxs jinoyat ustida yoki bevosita uni sodir etganidan keyin qo‘lga tushsa;
2) jinoyat shohidlari, shu jumladan jabrlanuvchilar uni jinoyat sodir etgan shaxs tariqasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatsalar;
3) uning o‘zida yoki kiyimida, yonida yoki uyida sodir etilgan jinoyatning yaqqol izlari topilsa;
4) shaxsni jinoyat sodir etishda gumon qilish uchun asos bo‘ladigan ma’lumotlar mavjud bo‘lib, u qochmoqchi bo‘lsa yoki doimiy yashaydigan joyi yo‘q yoxud shaxsi aniqlanmagan bo‘lsa.
Sobiq Bosh prokurorga nisbatan JPKning 221-moddasi 4-bandi qo‘llangani ehtimoli yuqori. Hozircha bu borada rasmiy ma’lumot berilmadi. Bosh prokuraturaning Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Gulnoza Rahimova “Xabar.uz”ning so‘roviga rasmiy bayonotda keltirilganidan boshqa ma’lumotni bera olmasligini aytdi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi