17:03 / 28.02.2018
12 868

Tashqi migratsiya: Janubiy Koreya O‘zbekiston uchun qancha kvota ajratadi?

Tashqi migratsiya: Janubiy Koreya O‘zbekiston uchun qancha kvota ajratadi?
Xorijda ishlash ko‘pchilik fuqarolarimizni qiziqtirishi tayin. Xo‘sh, bugungi kunda Janubiy Koreya Respublikasi boshqa davlatlardan ishchi kuchlarini jalb qilish maqsadida qancha kvota ajratmoqda? O‘zbekiston uchun-chi?

Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi bo‘lim boshlig‘i Azim Ahmatov “Xalq so‘zi” nashriga ushbu savollarga quyidagicha izoh berdi:

— Bugungi kunda Rossiya Federatsiyasi va Janubiy Koreya Respublikasida ko‘plab fuqarolarimiz ishlayapti. Birgina Janubiy Koreya yigirmaga yaqin davlatlarga o‘rtacha 55000 — 58000 kvota ajratmoqda. Shundan uch mingga yaqini O‘zbekiston hissasiga to‘g‘ri keladi. Talab esa ancha yuqori, ya’ni ayni paytda o‘rtacha 20 mingdan ortiq hamyurtlarimiz Koreyada ishlash istagini bildirgan. Bu raqamlar talab hamda taklifdan kelib chiqib o‘zgarishi mumkin.

Agentlik ko‘magida o‘tgan yili 2613 nafar fuqaro Koreya Respublikasiga, 922 nafari esa Rossiyaga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun yuborildi. 2710 nafar nomzod esa, koreys tilidan test sinovidan o‘tgan va ular nomiga ish beruvchi tomonidan mehnat shartnomasi yo‘llangan.

Joriy yilda Janubiy Koreya va Rossiya davlatlarida Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligining vakolatxonalarini ochish, shuningdek, Polsha, Yaponiya, Germaniya, Turkiya, Birlashgan Arab Amirliklari kabi davlatlar bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash rejalashtirilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tashqi migratsiya: Janubiy Koreya O‘zbekiston uchun qancha kvota ajratadi?