14 375
Konimexlik shoiraning Shavkat Mirziyoyevga o‘qigan she’ri:“Xalqim, quvon, boshingga mard, jasur sulton keldi!” (video)
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2 mart kuni Navoiy viloyatida tashrif bilan bo‘ldi. “O‘zbekiston 24” telekanalining “Tahlilnoma” haftalik informatsion dasturida tashrif tafsilotlari, Navoiy viloyatida Prezident o‘tkazgan uchrashuv va yig‘ilishlar haqida batafsil reportaj ko‘rsatildi.
Reportajda Tomdi tumanidagi 12-bolalar musiqa va san’at maktabida Tomdi, Uchquduq, Konimex tumanlari va Zarafshon shahri faollari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda Konimex tumani qozoq milliy madaniy markazi rahbarining so‘zga chiqqanini ko‘rish mumkin. U o‘z nutqi yakunida o‘qigan she’r Prezidentning Navoiy viloyatiga tashrifiga bag‘ishlangan reportajning mantiqiy yakuniga aylangan.
Xalqim, quvon, boshingga
Sharaf keldi, shon keldi.
Daholardan dars olgan
Bilimdon inson keldi.
O‘zing suygan, tanlagan
Yaxshilarning yaxshisi,
Xalqim, yurtim deb yongan
Mard, jasur sulton keldi.
Ustozini ulug‘lab,
Xalqini qadrlagan,
O‘zbegimdek bag‘rikeng
Qadrdon o‘g‘lon keldi.
Ko‘p millatli xalqning
Tanlagan yo‘lboshchisi,
Oqilu dono, g‘amxo‘r,
Mehribon inson keldi.
Xalqim, quvon, mehnat qil,
Gullatib diyoringni.
Kelajakka yo‘l ochgan
Bugun zo‘r imkon keldi.
Tinchlik surar hukm,
Ozod elsan, shukr,
Sho‘x-shodon yasha xalqim,
Hurriyat zamon keldi.
Xalqim, quvon, boshingga
Sharaf keldi, shon keldi.
Daholardan dars olgan
Bilimdon inson keldi! “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?