
Toshkent Dushanbe bilan munosabatlarni barcha yo‘nalishlarda izchil rivojlantirib boradi. Bu haqda 9 mart kuni Dushanbega ikki kunlik davlat tashrifi bilan kelgan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ma’lum qildi.
Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon va O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev “bir plyus bir” shaklidagi uchrashuv boshlanishidan avval matbuot uchun qisqacha bayonot berdi.
“Tojikiston-O‘zbekiston munosabatlari yaqin vaqt ichida strategik sheriklik darajasiga chiqadi. Toshkent Dushanbe bilan munosabatlarni barcha yo‘nalishlarda izchil rivojlantirib boradi”, - deya aytib o‘tdi Shavkat Mirziyoyev.
O‘z navbatida, Imomali Rahmonning ma’lum qilishicha, Tojikiston O‘zbekistonning mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha tashabbuslarini barcha tomonlama qo‘llab-quvvatlaydi.
Ayni daqiqalarda “Qasri millat” qarorgohida bo‘lib o‘tayotgan “yakkama-yakka” shakldagi uchrashuvda ikki tomonlama siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy, transport-kommunikatsiya, turistik, madaniy-gumanitar va mintaqalararo hamkorlikni rivojlantirish, fuqarolarning o‘zaro tashrifini soddalashtirish masalasi, mintaqaviy hamda xalqaro muammolar muhokama etilyapti.
Uchrashuvdan so‘ng yetakchilarga ikki davlat hukumat delegatsiyalari qo‘shiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar