Diqqat! Toshkent viloyatida yana bitta avtomatlashtirilgan fotoradar o‘rnatiladi

Diqqat! Toshkent viloyatida yana bitta avtomatlashtirilgan fotoradar o‘rnatiladi
“Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘lida avtomatlashtirilgan fotoradar o‘rnatiladi. Bu haqda O‘zA ma’lum qildi.

Toshkent viloyati Ohangaron tumani hokimiyati tashabbusi bilan viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan A 373 “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘lining 142-kilometri – “Qoraxitoy” qishloq fuqarolar yig‘ini hududiga maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd qiluvchi fotoradar o‘rnatilishi rejalashtirilmoqda.

Avvalroq, 16 fevraldan “Olmaota – Bishkek – Toshkent – Termiz” avtomobil yo‘lining 806-871 kilometlari oralig‘ida (Toshkent shahri chegarasidan Sirdaryo viloyati hududigacha) yangi namunadagi maxsus avtomatlashtirilgan 3 dona fotoradar uskunasi rasman ishga tushirilgani haqida xabar bergandik.

Mazkur fotoradarlar yordamida 13 martga qadar 29 ming 400 dan ortiq haydovchi belgilangan tezlik talabini buzgan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar