
oshkentning Nurafshon—Beruniy va Nurafshon—Mannon Uyg‘ur ko‘chalari kesishgan chorrahalarda tajriba tariqasida qizil chiroqda o‘ngga burilishga ruxsat beruvchi yo‘l belgilari o‘rnatildi.
Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi sayti xabariga ko‘ra, ushbu yo‘l belgilari shahar IIBB boshlig‘ining ko‘rsatmasiga muvofiq ko‘chalarning o‘tkazuvchanligini oshirish maqsadida o‘rnatilmoqda.
Svetofor bilan yonma-yon o‘rnatiladigan tajriba yo‘l belgilari barcha transport vositalari va piyodalarga yo‘l berib, so‘ng svetoforning qizil chirog‘ida o‘ngga burilishiga ruxsat etadi.
YHXBning qayd etishicha, bunday yo‘l belgilari shaharning boshqa chorrahalariga ham o‘rnatilishi kutilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar