Toshkentda Davlat avtomobil yo‘llari qo‘mitasi rahbari Abdurahmon Abduvaliyev va Germaniyaning GP Papenburg AG kompaniyasi boshqaruvi raisi Gyunter Papenburg uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Muzokaralarda kompaniyaning O‘zbekistonda davlat-xususiy sektor hamkorligi tamoyillari asosida avtomobil yo‘llarini qurishdagi ishtiroki muhokama qilindi.
O‘zbekistonda pullik yo‘llarni qurish uchun birinchi navbatda qonunchilik asosini takomillashtirish zarur. «Davlat-xususiy sherikchilik to‘g‘risida»gi qonun 2018 yil o‘rtalarida paydo bo‘lishi kerak. Masala muvaffaqiyatli hal etilsa, mamlakatda 2020 yilga kelib birinchi pullik yo‘llar paydo bo‘ladi.
Birinchi loyiha Toshkentdan Samarqand orqali Buxoroga yangi yo‘l bo‘lishi mumkin. Uning asosiy afzalliklari orasida – odatdagi yo‘llarda o‘rnatilgandan ko‘ra yuqoriroq tezlikda harakatlanish.
Yo‘lni qurishda maxsus asfalt-beton aralashmasidan foydalanish kerak. Asfalt-beton zavodlarini qurish uchun qo‘shma korxona tashkil etiladi. Kelgusida qo‘shma korxona yo‘l qoplamasi va maxsus texnikalarni ta’mirlash bilan shug‘ullanadi.
GP Papenburg AG kompaniyasi MDHdagi ko‘plab mamlakatlar bilan muvaffaqiyatli hamkorlik qilmoqda. So‘nggi yillarda Ozarboyjon, Qozog‘iston va boshqa davlatlarda sement-beton va asfaltbeton qoplamali avtomobil yo‘llari qurildi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi