2018 yil 16 mart kuni soat taxminan 03:00da noma’lum shaxslar Uchtepa tuman hududida joylashgan “Ideal” nomli supermarket yerto‘lasida joylashgan kompyuter o‘yinxonasida qorovul bo‘lib ishlovchi J. ismli shaxsga hayot va sog‘liq uchun xavfli bo‘lmagan zo‘rlik ishlatish yo‘li bilan qo‘rqitib, 7 dona “Play Station” o‘yin apparatlari, 3 dona djoystiklari, tyuner va “Samsung” rusumli planshetlarini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringanlar. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.
Ichki ishlar organi xodimlari tomonidan olib borilgan tergov va tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni sodir etishda 5 nafar gumon qilingan shaxs aniqlanib, ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Bundan tashqari, 2018 yil 17 mart kuni soat taxminan 02:30da noma’lum shaxslar Chirchiq shahrida joylashgan “Alisher-Agro-Madad” fermer xo‘jaligi binosiga devordan oshish yo‘li bilan g‘ayriqonuniy ravishda kirib, qorovul bo‘lib ishlovchi I. ismli shaxsga hayot va sog‘liq uchun xavfli bo‘lmagan zo‘rlik ishlatish yo‘li bilan qo‘rqitib, u yerdan “Roison” rusumli televizor, “DVD” pleyeri va “Nokiya” rusumli telefon apparatini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringanlar.
Ichki ishlar organi xodimlari tomonidan olib borilgan tergov va tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni sodir etishda gumon qilingan A. va B. ismli shaxslar ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olinganlar.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 3-qismi “b” bandi, ya’ni o‘zganing mulkini hayot va sog‘liq uchun xavfli bo‘lmagan zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitib, bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, uy-joyga, omborxona yoki boshqa xonaga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish jinoyat alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi