30 mart kuni internetda O‘zbekistondagi maktabgacha ta’lim muassasalaridan birida bog‘cha tarbiyachisi bolalarga qo‘l ko‘tarayotgani tasvirlangan videoyozuv tarqaldi.
Maktabgacha ta’lim vazirligi matbuot xizmati bergan izohda vazirlik hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari boshlagani aytilgan. Vazirlik hozircha ushbu video qachon, qayerda, qaysi bolalar bog‘chasida olinganini aniqlay olmadi.
«Maktabgacha ta’lim vazirligi ushbu holatni o‘z nazoratiga olib, tezkor ishchi guruhi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilayotganligini ma’lum qiladi.
Tekshiruv yakunlari bilan aniqlangan har bir holat bo‘yicha Maktabgacha ta’lim vazirligi jamoatchilikni xabardor qilib boradi», deyiladi izohda.
Bungacha ham internetda bir necha marta bog‘cha tarbiyachilari bolalarni qattiqqo‘llik bilan tarbiyalayotgani tasvirlari tarqalgan, vazirlik va tegishli idoralar shu asosda tegishli choralarni ko‘rishgandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)