Bugun, 2 aprel kuni, O‘zbekistondagi banklar xorijiy valyutalarni naqd ko‘rinishda berishni boshladi, deb ma’lum qildi UzNews nashri. Avvalroq xabar qilganimizdek, 2018 yilning 1 aprel kunidan boshlab O‘zbekiston fuqarolari xorijiy valyutalarni naqd ko‘rinishda tijorat banklardan olish imkoniyatiga ega bo‘lgan edilar.
Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qarori imzolangan edi. Eslatib o‘tish kerakki, avvallari mijozlar naqd xorijiy valyutani faqatgina chet el mamlakatlaridan plastik kartalar orqali yechib kelishayotgan edi.
UzNews.uz bu boradagi xabarlarga oydinlik kiritish maqsadida poytaxtimizda faoliyat olib borayotgan tijorat banklaridan ayrimlari bilan bog‘landi. Bizga “Ipak Yuli” banki bosh ofisidan ma’lum bo‘lishicha, mijozlar cheklanmagan miqdorda ushbu bankdan xorijiy valyutani naqdlashtirib olishlari mumkin bo‘lgan.
Agarda mijoz ushbu bank plastik kartasidan naqdlashtirib olmoqchi bo‘lsa, 0,5% komissiya ushlab qolinishi belgilangan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar