17:53 / 10.04.2018
5 671

Klaviaturada tez matn terish siri topildi

Klaviaturada tez matn terish siri topildi
Finlyandiyaning Aolto universiteti olimlari matnni qanday qilib to‘g‘ri va tez terish mumkin, degan savolga javob topishdi. Bu boradagi tadqiqot natijalari Sciency Daily jurnalida chop etildi, deb yozadi Darakchi nashri.

Sinov dunyoning 200 mamlakatida maxsus veb-saytda ro‘yxatdan o‘tgan 169 ming kishi ishtirokida o‘tkazildi. Tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha, matnni tez teradiganlar nisbatan kam xato qilishadi. Aksincha, sekin teradiganlar harf qidirish va xatolarni tuzatishga ko‘proq vaqt sarflaydilar.

Tez terishning yana bir xususiyati bir vaqtning o‘zida bir nechta tugmachalarni bosishdir. Tez matn teruvchilar keyingi belgini ham deyarli bir vaqtda bosa oladi.

O‘rtacha matn teruvchilar minutiga 52 ta so‘z tergan. Olimlarning aytishicha, bu juda kam. Negaki, o‘tgan asrning saksoninchi yillarida yozuv mashinkasida shuncha vaqtda 60-90 ta so‘zni tera olganlar, tajribali mashinkachilar esa, 120 tagacha so‘zni tera olishgan.

Tadqiqot natijalari asosida olimlar bir necha tavsiya ishlab chiqishdi. Bular, imkon qadar bexato yozish, chunki uni tuzatish ko‘p vaqt oladi; kerakli tugmalarni oldindan bosish; oson bo‘lishi uchun klaviaturaga qaramasdan matn terishni o‘rganish. Olimlar, shuningdek, zarur ko‘nikmani yo‘qotmaslik uchun matn terish bilan tez-tez shug‘ullanib turishni maslahat berishdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Klaviaturada tez matn terish siri topildi