
Farg‘ona viloyatining Yozyovon tumanida ruhiy kasal o‘g‘il mast holatdagi otasining boshiga ketmon bilan urib, uni o‘ldirib qo‘ydi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
10 aprel kuni soat 17:00 atrofida, «Guliston» MFY Navbahor ko‘chasi 37-uyda yashovchi, ruhiy kasal, 1989 yilda tug‘ilgan Dilmurod Qo‘chqanov uyida o‘zaro janjal oqibatida mast holda bo‘lgan birga yashagan otasi, 1962 yilda tug‘ilgan Dadajon Qo‘chqanovning boshiga ketmon bilan urib jarohat yetkazgan, so‘ng voqea joyidan yashiringan.
Dadajon Qo‘chqanov kasalxonaga yotqizilgan, ammo ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar