5 283
Kattaqo‘rg‘on prokuraturasi o‘qituvchilar obodonlashtirish ishlariga jalb qilinganini tan oldi
Foto: «Xabar.uz»
Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani prokuraturasi o‘qituvchilar 14 mart kuni obodonlashtirish ishlariga jalb qilinganini tan oldi. Bu haqda «Gazeta.uz»ga tayanib Daryo xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, aynan o‘sha kungi hashar chog‘ida yosh o‘qituvchi Diana Yenikeyeva fojiali halok bo‘lgan edi.
Nashrning tuman prokuraturasidagi manbalariga tayanib bildirishicha, obodonlashtirish ishlarini o‘tkazishda tegishli choralarni ko‘rmaganlik uchun 29 mart kuni xalq ta’limi vazirining buyrug‘iga binoan tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri A. Jumanazarov ishdan olingan.
Bundan tashqari, viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining buyrug‘i bilan 42-maktab direktori N. Boltayeva ishdan olingan, direktor o‘rinosari X. Mamatovga hayfsan e’lon qilingan.
Prokuratura vakillari maktab direktori o‘rinbosari o‘qituvchilarning obodonlashtirishga olib chiqilishini direktor topshirig‘iga binoan tashkillashtirganini tasdiqladi.
Maktab direktori O‘zbekiston mehnat kodeksining 177-moddasini buzgan deb topildi. Ushbu moddaga ko‘ra, ish beruvchi ishchidan uning mehnat majburiyatiga kirmaydigan yumushlarni bajarishni talab qilishga haqli emas.
«U darhaqiqat ushbu moddani buzgan, — dedi nashrning suhbatdoshi. —Bundan tashqari, u ruxsatsiz Toshkentga borib, voqea payti o‘sha yerda bo‘lgan. Bu ikki qoidabuzarlik uchun u lavozimidan bo‘shatildi». “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti
Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin
Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi
U23 Osiyo kubogi. Bugun final! O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi
Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi
Poroshenko Rossiyada qidiruvga berilganiga javob qaytardi
Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz"