14:02 / 20.04.2018
5 599

Prezident qarori bo‘yicha: Pasport o‘rniga chiqadigan ID-kartalar haqida

Президент қарори бўйича: Паспорт ўрнига чиқадиган ID-карталар ҳақида
Foto: «Sputnik»
«Innovatsion loyihalarni amalga oshirish va idoraviy axborot tizimlari jadal integratsiyalashuvining tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanalida xabar berildi.

Qaror bilan 2018 yil 1 noyabrga qadar sinov tariqasida Toshkent shahrida quyidagi tizimlar ishga tushiriladi:

— telefon suhbatlari xavfsizligi va nazoratini ta’minlaydigan hukumatning mobil aloqa tizimi;

— mavjud pasportlar, tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomalar va shaxsni tasdiqlovchi boshqa guvohnomalar (respublika ichida) tizimi o‘rniga yagona identifikatsiya raqami, uning shaxsiy ma’lumotlari va davlat xizmatlarini olishda shaxsni aniqlash uchun ishlatiluvchi boshqa ma’lumotlar mavjud bo‘lgan identifikatsiya kartalari (ID-kartalar) tizimi;

— transport vositalari uchun qog‘oz hujjatlarni bekor qilish, barcha tegishli ma’lumotlarni avtomobil egalarining ID-kartalariga kiritiladigan, amaldagi davlat raqamlarini xalqaro namunadagi raqamlarga almashtirishni ko‘zda tutuvchi transport vositalarini hisobga qo‘yish tizimi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident qarori bo‘yicha: Pasport o‘rniga chiqadigan ID-kartalar haqida