7 118
Toshkent shahar bosh imom-xatibi 19 kundan beri koma holatida yotganligi ma’lum qilindi
O‘zbekiston musulmonlari idorasining Toshkent shahar vakilligi bosh imom-xatibi, 60 yashar Anvar qori Tursunov Shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish Respublika ilmiy markazida 5 aprel kuni jarrohlik amaliyotini boshdan kechirganidan beri sun’iy komada qolmoqda. Bu haqda “Sof.uz” Anvar qorining yaqinlari bergan ma’lumotga tayanib xabar qildi.
Bemor jarrohlik amaliyotidan keyin bir muddat o‘ziga kelib yaqinlari bilan gaplashgan. Shundan keyin miya to‘qimalari shishishi va nobud bo‘lishi oldini olish uchun Anvar qori Tursunovni sun’iy komada ushlab turishga shifokorlar konsiliumi qaror bergan.
Shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish Respublika ilmiy markazi xodimining bildirishicha, bemor ayni vaqtda sun’iy nafas oldirish tizimiga ulab qo‘yilgan. Jarrohlik amaliyotidan keyin o‘tgan 20 kun ichida Tursunovning ahvoli qoniqarli va barqaror qolmoqda.
Ma’lumot uchun, Anvar qori Tursunov 1958 yil 21 noyabrda Toshkent shahri Hamza tumanida xizmatchi oilasida tug‘ilgan. 1966—1976 yillarda Hamza tumanidagi 198-umumiy o‘rta ta’lim maktabida tahsil olgan.
1981 yil Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zMU)ning filologiya fakultetini, 2001 yil Toshkent islom institutini tamomlagan.
Anvar qori Tursunov mehnat faoliyatini 1981—1984 yillarda “Yoshlik” jurnalida muharrir vazifasidan boshlagan. So‘ngra O‘zbekiston fanlar akademiyasi ilmiy xodimi, Abdulla Qahhor uy muzeyi ilmiy xodimi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi qoshidagi tarjima va adabiy aloqalar markazi Sharq adabiyoti bo‘yicha katta muharriri kabi lavozimlarda faoliyat ko‘rsatgan.
U diniy sohadagi faoliyatini 1994—1999 yillarda Toshkent shahar, Yashnobod tumanidagi “Yangiobod” jome masjidi imom-xatibi sifatida boshlagan. 1999 yildan Toshkent shahar bosh imom-xatibi hamda “Xo‘ja Ahror Valiy” jome masjidi imom-xatibi bo‘lib ishlagan. 2015 yildan “Minor” jome masjidi bosh imom-xatibi vazifasida faoliyat yuritmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Samarqandda maktab o‘quvchisini urib yuborgan haydovchining o‘zi ham o‘quvchi ekan
UFC 301. Aleksandr Pantoja hakamlar qaroriga ko‘ra Stiv Ersegni mag‘lub etdi
Saul Alvares va Xayme Mungia ishtirokidagi jang to‘liq davom etdi
Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi”