5 018
Erdo‘g‘an nima uchun O‘zbekistonga katta delegatsiya yo‘l olgani sababini ma’lum qildi
Anqara va Toshkent ikki institut uchun infratuzilmani shakllantirish masalalarini ishlab chiqadi. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Xalqaro Otaturk aeroportida Toshkentga parvozi oldidan jurnalistlarga shunday bayonot berdi.
Erdo‘g‘an tashrif doirasida Toshkentda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashishi, Oliy Majlisga murojaat qilishi va ikki mamlakatning yetakchi banklari hamda kompaniyalari rahbarlarining biznes-forumida ishtirok etishini ma’lum qildi.
Turkiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, u 1 may kuni ko‘hna Buxoroga borib, Buyuk Ipak yo‘li o‘tgan qadimiy shaharni ziyorat qiladi.
"Buxoroga tashrif katta ahamiyatga ega. Turkiya O‘zbekistonda Imom Al-Buxoriy nomidagi Xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Imom Moturudiy nomidagi islom tadqiqotlari markazini ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Bu masalani o‘zbek hamkasbim bilan muhokama qilganmiz va tegishli kelishuvga erishganmiz. Tashrif davomida barcha masalalar ishlab chiqiladi. Aynan shuning uchun ham O‘zbekistonga katta delegatsiya yo‘l olmoqda", - dedi prezident.
Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonga tashrif ikki mamlakat munosabatlariga yangicha nafas bag‘ishlaydi.
Turkiya davlati rahbari shuningdek O‘zbekistonga tashrifidan so‘ng Seulga parvoz qilishi, u yerda 2 may kuni Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In bilan birga-bir va kengaytirilgan formatda uchrashuvlar o‘tkazishini qo‘shimcha qildi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Orzudagi uy — qishda issiq, yozda salqin. Bunga qanday erishish mumkin?
Putin va Si Szinpin uchrashuvidagi "ishora" shtatlarda vahima uyg‘otdi
Putin Xitoy talabalariga qanday maslahat berdi?
Eron prezidentini olib ketayotgan vertolyot halokatga uchradi
Lavrov: Putin va Si Szinpin Xitoyning global xavfsizlik bo‘yicha tashabbusini muhokama qildi
Mansab pillapoyalari: unga kimlar munosib?
AQSHda mushuk universitet diplomini oldi: unga “fan doktori” darajasi berildi
Londondan Singapurga uchgan samolyot kuchli turbulentlikka uchradi (video)