Jizzax viloyatining Paxtakor tumanida 8 may kuni mudhish yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.
Qayd etilishicha, Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanida yashagan A.Sh. “Neksiya” rusumli avtomashinasini M-39 “Toshkent-Termiz” yo‘lining 953-km.da haydab ketayotib uxlab qolishi oqibatida, yo‘lning marzasida to‘xtab turgan, Toshkent viloyatida yashovchi Sh.B. boshqaruvidagi “MAN” yuk avtomashinasining tirkamasiga urilib to‘qnashuv sodir etgan.
Natijada “Neksiya” avtomashinasi haydovchisi A.Sh. va uning yo‘lovchisi E.X. jarohat olib voqea joyida hamda qolgan ikki yo‘lovchilari jarohat olib kasalxonaga keltirilganlarida vafot etganlar, shuningdek, yana bir yo‘lovchi R.O. kasalxonaga yotqizilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi