«Mening fikrim» ommaviy murojaatlar portali qisqa vaqt ichida takliflarga to‘lib, ommabopligi oshib bormoqda. Quyida bir fuqaro O‘zbekiston hududida nosvoyni taqiqlash fikrini bildirgan va buning uchun asoslarini keltirgan.
Uning yozishicha, nos chekishning inson organizmi uchun zararlari juda ko‘p. Nosvoy tarkibidagi tamaki tufayli tishlar qorayadi va asta-sekin to‘kila boshlaydi. Nosvoydagi ishqor tufayli yuqori va pastki lablarda yallig‘lanish va abssess hosil bo‘lishi mumkin.
Shuningdek, til osti saratoni yuzaga kelish xavfi, lablar va og‘iz bo‘shlig‘ida turli o‘smalar paydo bo‘lish ehtimoli yuqori. Ichak infeksiyalari, virusli gepatit kabi kasalliklar yuqish xavfi bor. Bundan tashqari, oshqozon yaralari va saratoni yuzaga kelishi mumkin.
Muallif shu asoslarni keltirib, O‘zbekiston Respublikasi hududida nosvoyni taqiqlash bo‘yicha tezkor me’yoriy-huquqiy hujjatlar tayyorlashni taklif etgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi