00:30 / 19.05.2018
4 720

Omonatni qancha foizga qo‘ysa bo‘ladi?

Omonatni qancha foizga qo‘ysa bo‘ladi?
Ko‘pchilik ehtiyojidan oshiq mablag‘ni bankka qo‘yib, foiz olishni istaydi. Qolaversa, bu har ikki tomon uchun ham manfaatli…

— Jozibador omonatlar doim mijozlarni qiziqtiradi, — deydi Markaziy bank Kichik biznes departamenti boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Komil AHMEDOV. — Bu aholining depozitga befarq emasligini ko‘rsatadi. Aslida omonat talab qilib olinguncha saqlanadigan, jamg‘arma, muddatli, omonat sertifikati singari to‘rtta turga bo‘linadi. Omonat foizi kunlik hisoblanadi. U omonat daftarchasi asosida rasmiylashtiriladi. Bugun omonatning eng yuqorisi 16,5 foizni tashkil etadi.

— Yong‘oq ko‘chati ekmoqchi bo‘lgan fuqaro kredit olish uchun qaysi bankka murojaat etishi zarur?
— «Asakabank» ushbu sohani moliyalashtirish uchun davlat dasturiga kiritilgan. Ammo bundan boshqa banklar chetda, mablag‘ ajratmaydi, degan xulosa chiqarmaslik kerak. Yong‘oq uchun kredit uch yil muddatga beriladi. Masalan, Samarqand viloyatining Payariq tumanida uch ming gektar, Qo‘shrabot tumanida ming gektar maydonda yong‘oqzor tashkil etish ko‘zda tutilgan.

— Talabaga kredit ajratish muddati qancha?
— Bakalavriatga o‘n yil, magistraturada tahsil olayotgan talabaga besh yil muddatga kredit beriladi. Talabaga kredit har yili berib boriladi.

— Xorijda tahsil olayotgan talabaga nega kredit berilmayapti?
— Yaqin orada bu masala ijobiy hal etiladi. O‘shanda talabaga ellik foizgacha kontrakt puli to‘lab beriladi. Nega yuz foiz emas, degan savol tug‘ilishi tabiiy. Bu masala atroflicha o‘rganilib, keyin bir to‘xtamga kelinadi.

— Kredit olayotgan fuqaro bilan shartnoma qaysi tilda tuzilishi kerak?
— Albatta, davlat tilida. Mijoz xohishiga ko‘ra, u boshqa tilda ham imzolanishi mumkin.

— Kredit naqd pulda ham beriladimi?
— Kreditni naqd pulda ham berishni yo‘lga qo‘yish ustida ishlar olib borilyapti.
Ulug‘bek JUMAYeV

Manba: «Oila davrasida»

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Omonatni qancha foizga qo‘ysa bo‘ladi?