20:36 / 19.05.2018
3 995

Hosildor tut navi Prezidentimizda katta taassurot qoldirdi

Hosildor tut navi Prezidentimizda katta taassurot qoldirdi
Davlatimiz rahbarining «Andijan Silk.Co» qo‘shma karxonasiga tashrifi chog‘ida «Marhamat - 2017» tuti haqida ma’lumot berildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Bu nav marhamatlik olim Abdufattoh Musurmonqulov tomonidan mahalliy «O‘zbekiston» va Yaponiyaning «Oshima» navlarini payvand qilish orqali o‘stirilgan. Uning barglari katta va orasi tig‘iz, shuning evaziga hosildorligi yuqori. Masalan, oddiy tutning bir gektaridan 20 tonna barg olinsa, «Marhamat - 2017» navidan 40 tonnagacha barg olish mumkin.

«Pillachilik milliy qadriyatimiz, boyligimiz. Undan uch martagacha hosil olish, tayyor mato ishlab chiqarib, katta daromad topish imkoniyati bor. Bizga faqat ozuqa - tut bargi yetishmaydi. Avvalgi tutlar qarigan, hosildorligi pasayib ketgan. Pillachilikni rivojlantirish uchun mana shunday intensiv va mahsuldor navlarni ko‘paytirish kerak» dedi Shavkat Mirziyoyev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Hosildor tut navi Prezidentimizda katta taassurot qoldirdi