18:20 / 22.05.2018
2 736

Bosh prokuror Otabek Murodov rahbarligidagi ishchi guruh Surxondaryoda seldan jabrlangan oilalarga yordam ko‘rsatdi

Bosh prokuror Otabek Murodov rahbarligidagi ishchi guruh Surxondaryoda seldan jabrlangan oilalarga yordam ko‘rsatdi
Bosh prokuror Otabek Murodov rahbarligidagi ishchi guruh O‘zbekiston Prezidenti tomonidan belgilab berilgan dolzarb ahamiyatdagi vazifalar ijrosi Surxondaryo viloyatida o‘rganildi, deb xabar berdi Daryo.

Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va eksport hajmini oshirish masalalarini o‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklar mas’ul idoralar vakillari va eksportyorlar ishtirokida muhokama qilindi hamda joriy yil 1-yarmi eksport prognozi rejasini kafolatli ta’minlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.

Yig‘ilishda 50 dan ortiq eksportyorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularni qiynayotgan muammolarni hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Tashrif davomida Termiz davlat universitetida viloyatdagi 6 ta oliy o‘quv yurtlari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazilib, O‘zbekiston Prezidentining 2018 yil 7 may kungi «Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori ijrosining tashkil etilishi bilan tanishildi va kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.

Viloyatning Sherobod tumani «Oila» markazida xotin-qizlar qo‘mitalari, «Oila» markazlari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, ustuvor vazifalar muhokama etildi.

Bundan tashqari, viloyatning Qumqo‘rg‘on tumanida seldan talafot ko‘rgan «Elobod», «Azlarsoy» va «Bog‘or» qishloqlari joyida o‘rganildi.

Hozirda viloyat prokurorlari bilan birgalikda seldan jabrlanganlarga moddiy yordam berish, sel oqibatlarini bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.

O‘rganish davomida, seldan jabrlangan oilalarga birinchi navbatda zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim, ko‘rpa-to‘shaklar, xo‘jalik mollari yetkazib berildi. Hozirda bu boradagi tadbirlar davom ettirilmoqda.

Tashrif davomida O‘zbekiston Prezidentining viloyatdagi Xalq qabulxonasida muammolari uzoq vaqtdan buyon o‘z yechimini topmayotgan 30 nafardan ortiq fuqarolar bosh prokuror tomonidan qabul qilindi.

Fuqarolar asosan sud va tergov ishlari, ish haqi va ishga joylashtirish, davolanish, uy-joy va tadbirkorlik masalasida murojaat qildilar.

Murojaatlarning aksariyat qismi joyida hal etildi, qolgan murojaatlar nazoratga olindi.

Bundan tashqari, ijtimoiy soha ob’ektlari, fermer xo‘jaliklarida uchrashuvlar o‘tkazilib, aholini qiynayotgan muammolarni aniqlash va bartaraf etish choralari ko‘rildi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)