Shu yilning oxiriga qadar O‘zbekistonda yo‘l harakati qoidalarini buzgan haydovchilarga nisbatan jarimalar miqdorini oshirishni ko‘zda tutuvchi qonun loyihasini tayyorlash ko‘zda tutilgan. Bu haqda «Sputnik»ga tayanib Xabar nashri ma’lum qildi.
Hujjatda transport vositasini boshqarish madaniyatini muntazam ravishda buzib kelgan «yo‘l bezorilari», ogohlantiruvchi chiroqni yoqmasdan bir polosadan ikkinchisiga o‘tganlar hamda baland ovozdagi signallardan noo‘rin foydalangan haydovchilarni ma’muriy javobgarlikka tortish masalasi ham o‘z aksini topadi.
Bundan tashqari, transport vositasini mast holatda boshqargan haydovchilarga nisbatan javobgarilikni kuchaytirish, xususan, bunday qoidabuzuvchilarni ma’muriy qamoqqa olish choralari ko‘rilishi ham nazarda tutilmoqda. Shuningdek, YPX xodimlari talabiga bo‘ysunmay transport vositasini to‘xtatmagan haydovchilarga nisbatan ham jarimalar miqdori oshiriladi.
Yangi hujjatda yo‘l qoidasini buzgan piyodalar uchun ham jarimalar va javobgarlik kuchaytiriladi. Shu yilning avgust oyidan boshlab yo‘l qoidasini buzgan piyodalar axborot-kommunikatsiya vositalari orqali aniqlanib, elektron bayonnomalar rasmiylashtirilishi yo‘lga qo‘yiladi.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda