Foto: «Xabar.uz»
Ma’lumki, so‘nggi vaqtlarda internet va ommaviy axborot vositalari orqali «GM Uzbekistan» AJ atrofida sodir bo‘layotgan noxush vaziyatlar yuzasidan turli xabarlar tarqalmoqda. Shu munosabat bilan joriy yilning 25 may kuni Asaka avtomobil zavodida «O‘zavtosanoat» AJ rahbariyati va kompaniya bosh direktori boshchiligida o‘tkazilgan yig‘ilish so‘nggi vaqtlarda yuzaga kelayotgan bunday noxush vaziyatlarni oldini olishga bag‘ishlandi. Bu haqda «Xabar.uz»ga GM Uzbekistan Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati ma’lum qildi.
Yig‘ilishni o‘tkazishdan asosiy maqsad sohada faoliyat olib borayotgan har bir xodimga mamlakatimizda qonun ustuvor ekani va har bir jinoyatga jazo muqarrarligini yana bir bor yetkazish, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ularning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, ularda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishdan iborat bo‘ldi.
Foto: «GM Uzbekistan» Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati
Tadbirda «O‘zavtosanoat» AJ, Davlat xavfsizligi xizmati, Prokuratura, IIBning huquqni muhofaza qilish organlari, «GM Uzbekistan» AJ hamda Andijon viloyatidagi «O‘zavtosnoat» tarkibiga kiruvchi barcha qo‘shma korxonalar va dilerlik tashkilotlari rahbar xodimlari ishtirok etdilar.
Yig‘ilish yakunida so‘nggi vaqtlarda tarqalayotgan xolatlarni oldini olish yuzasidan tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish to‘g‘risida qarorlar qabul qilinib, vazifalar belgilab olindi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Saudiyadagi sammitda Isroil va Hamas o‘rtasida muzokaralarni tiklashga harakat qilinmoqda
Shimoliy koreyaliklarning aql bovar qilmaydigan 7 ta kundalik odati
Gaaga sudi Isroil harakatlarini tekshiruvdan o‘tkazmoqda
Timur Kapadze Indoneziyaga qarshi kechadigan yarim final bahsidan oldin nimalar dedi?
O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi
Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y
Keniyada to‘g‘on buzilishi oqibatida 42 kishi halok bo‘ldi