16:25 / 26.05.2018
5 209

Qoraqalpog‘istonda havo ham sotilmoqda (foto)

Qoraqalpog‘istonda havo ham sotilmoqda (foto)
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 7 fevral kungi «Ichki turizmni faol rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari haqida»gi PQ-3514-sonli qarorining belgilangan talablarining ijrosini ta’minlash bo‘yicha joylarda bir qancha tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda, deb yozadi Kruz.

Nashrning qayd etishicha, Qonliko‘l tuman «Qonliko‘l» posyolka fuqarolar yig‘ini hududida «Aydos Diyorbek» xususiy korxonasi tomonidan «Orol dengizi mintaqasi havosi» konservalangan suveniri ishlab chiqarilmoqda.

Foto: Kruz.uz
Konserva qilingan havo – o‘z ichiga turli hil hissiyotlarni to‘plagan asl suvenir hisoblanadi.

Suvenirni sotib olgan turist faqat konservadagi havoni emas, balki Qoraqalpog‘iston, Orol dengizi hududlari haqidagi xotiralarini ham o‘zi bilan birga olib ketadi, deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qoraqalpog‘istonda havo ham sotilmoqda (foto)