19:43 / 04.06.2018
4 106

Samarqandda tramvaylar to‘qnashdi

Самарқандда трамвайлар тўқнашди
Foto: Facebook / «Ya samarkandets»
Samarqandda 3 iyun kuni tramvaylar yengil to‘qnashdi. Bu haqda Facebook’dagi «Ya samarkandets» guruhi xabar berdi.

Fotolardan ma’lum bo‘lishicha, Temiryo‘l vokzali yaqinida, Beruniy va Ro‘dakiy ko‘chalari kesishmasida tramvaylar yengil to‘qnashgan va ularning old oynalariga shikast yetgan.

«Sartepa massivi — Temiryo‘l vokzali» yo‘nalishi bo‘yicha to‘g‘riga harakatlanishi kerak bo‘lgan 1-tramvay chapga — Ro‘dakiy ko‘chasi bo‘ylab «Temiryo‘l vokzali — Siyob bozori» yo‘li uchun yotqizilgan 2-tramvay yo‘nalishiga burilgan. Shu yo‘nalishda teskari tomondan harakatlanib kelayotgan tramvayga urilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda tramvaylar to‘qnashdi