22:30 / 05.06.2018
4 308

Osmondagi oyni olib beraymi?.. (yoxud turmadagi aristonning muhabbati)

Osmondagi oyni olib beraymi?.. (yoxud turmadagi aristonning muhabbati)
Arxangelskda yashovchi Lyubov Yusupova ismli qiz 28 yashar Kirill Larin bilan internetdagi ijtimoiy saytlardan birida tanishgan. Bir-birlarini yaqindan tanishga xuddi shu saytdagi yozishmalar imkon berdi. Lyubov anglab yetdiki, Kirilldan yaxshiroq turmush o‘rtog‘ini topa olmaydi. Qiz shu darajada Kirillni sevib qolgandi. Ammo keyinchalik Kirillning Lyubaga noma’lum bo‘lgan sirlari ochilib qoldi. U firibgarlikda ayblanib, qamoqda jazo muddatini o‘tayotgan ekan. Shunga qaramasdan Lyuba niyatidan, muhabbatidan voz kechmadi. To‘g‘ri-da, kim ham adashmaydi. Qolaversa, Kirillning jazo muddati tugashiga nari borsa 1 yil qolibdi.

Qiz turmaga qatnay boshladi. Suyuklisi bunday havas qilib bo‘lmaydigan joylarda moddiy jihatdan qiynalmasligi, birovlardan kam bo‘lmasligi uchun qo‘shimcha ish topib ishlay boshladi. Kirill ham Lyubaning muhabbatiga arzirli javob qaytarib, unga kerak bo‘lsa osmondagi oyni olib berishga tayyor ekanini aytib charchamasdi. Shunday qilib kutilgan onlar yaqinlashdi. 2018 yil 24 aprelida Kirill ozodlikka chiqdi. Endi Lyuba sobiq aristonni, idealidagi yigitni, muhabbatini turma darvozasi yonida qarshi oldi va ikkovlari qiz yashaydigan uyga jo‘nashdi…

Nadomatlar bo‘lsinki, birgalikdagi, muhabbat evaziga qurilgan hayot atigi 13 mayga qadar davom etdi xolos. Bir kuni Kirill g‘irt mast holda uyga kelib arzimagan bahona bilan Lyubani shafqatsizlarcha kaltakladi. Uni xiyonatda aybladi. Keyin esa xonalarning biriga qamab qo‘ydi. Lyubaga hatto suv ham bermadi. O‘zi bo‘kib qolguncha ichdi, kayfi oshdi deguncha xonani ochib kirib Lyubani kaltaklayverdi…

Xayriyat, bu do‘zax azobidan Lyubani qarindoshlari qutqarib olishdi. Qiz zudlik bilan kasalxonaga yotqizildi. Kirill uraverib uning tanasini jarohatlarga to‘ldirib tashlagan ekan.

Kirill esa hanuz ozodlikda. Uni politsiyaga chaqirishga chaqirishdi-yu, tushuntirish xati yozdirib olish bilan cheklanishdi…
Lyubaning opasi ishni bunday qoldirmasligini aytib Kirillni qamatishga astoydil bel bog‘lagan. Hozir ham tergov qo‘mitasiga qatnamoqda.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Osmondagi oyni olib beraymi?.. (yoxud turmadagi aristonning muhabbati)