
Toshkent xalqaro aeroportida Ichki ishlar vazirligi xodimlari tomonidan Qozog‘iston orqali Turkiyaga fohishalikka ketayotgan guruh qo‘lga olindi. Bu haqda UzNews yozmoqda.
Turkiyaga ishlash uchun borgan o‘zbekistonlik ayol avvaliga og‘ir mehnat bilan shug‘ullanadi va keyinchalik fohishalik yo‘li o‘tib, o‘z ortidan bir qator qizlarni ham bu yo‘lga jalb etish maqsadida o‘z tanishlariga murojaat qiladi.
Tanishlari orqali bu masalalarni hal qilgan guruh yetakchisi bu yerdan boradigan qizlarning pasport nusxasiga qarab ularga Turkiyadan turib aviachiptalar yuboradi hamda qizlarni kutib olishga tayyorlanadi.
Ichki ishlar vazirligi tezkor xodimlari esa bu jinoyatni fosh etib, fohishalikka olib ketilayotgan qizlarni “qutqarib qolishdi”.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar