10:53 / 07.06.2018
5 928

Toshkent shahridagi tumanlar hokimlari bir kunda ishdan olinib, lavozimga qayta tayinlandi

Toshkent shahridagi tumanlar hokimlari bir kunda ishdan olinib, lavozimga qayta tayinlandi
Toshkent shahridagi tumanlar hokimlari bir vaqtda lavozimdan ozod etilgan va shu vaqtning o‘zida Toshkent shahri hokimi vazifasini bajaruvchi Jahongir Ortiqxo‘jayevning qarori bilan o‘z tumanlariga hokim vazifasini bajaruvchi etib qayta tayinlangan.

Toshkent shahrida 11 tuman bo‘lib, shundan 10 tasida hokimlarga ariza yozdirilgan, faqat Shayxontohur tumani hokimi Bahodir G‘oibnazarov bundan mustasno. U 2017 yilning dekabridan buyon tuman hokimi vazifasini bajaruvchi sifatida ishlab kelmoqda.

«Kun.uz» ma’lumotiga ko‘ra, tumanlarda to‘rtta sektor boshliqlari ishdan olinib, vaqtincha v.b sifatida lavozimda qoldirilgan.

Ayni vaqtda tumanlar rahbarlari:
Bektemir tumani - Shopo‘lat Shorahmatovich Asqarov (...)
Mirzo Ulug‘bek tumani - Shavkatbek Turdiyevich Irgashev (shu yilning aprelidan buyon)
Mirobod tumani - Shuhrat Abdujabborovich Po‘latov (2017 yil aprelidan buyon)
Olmazor tumani - Baxtiyor Sultonovich Rahmonov (shu yilning mayidan buyon)
Sergeli tumani - Nozim Baxtiyorovich Husanov (shu yilning mayidan buyon)
Uchtepa tumani - Shuhrat Maxamadnazimovich Atamuxamedov (shu yilning mayidan buyon)
Chilonzor tumani - Davron Abdulahatovich Hidoyatov (2017 yil aprelidan buyon)
Shayxontohur tumani - Bahodir Rixsialiyevich G‘oibnazarov (2017 yil dekabridan buyon)
Yunusobod tumani - Baxtiyor Hasanovich Abdusamatov (2017 yil aprelidan buyon)
Yakkasaroy tumani - Sarvar Tashmatovich Mahametov (...)
Yashnobod tumani - Dilmurod Rahmatjonovich Turdiyev (2017 yil aprelidan buyon).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent shahridagi tumanlar hokimlari bir kunda ishdan olinib, lavozimga qayta tayinlandi