19:30 / 07.06.2018
6 521

Qahramon Quronboyev: «Vodiydagi to‘y kortejini to‘xtatib, kelin-kuyovni taksiga o‘tqazib yubordim»

Qahramon Quronboyev: «Vodiydagi to‘y kortejini to‘xtatib, kelin-kuyovni taksiga o‘tqazib yubordim»
O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi markaziy kengashi raisi Qahramon Quronboyev 5 iyun kuni ommaviy axborot vositalari xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda ittifoq raisi bugungi kunda to‘ylarning dabdabali o‘tkazilayotgani eng dolzarb muammolardan biri ekanligini ta’kidladi.

«To‘ylarning dabdabali o‘tkazilayotganiga biz aybdormiz, men aybdorman, ittifoq aybdor. Eng katta muammo yoshlarda! Agar biz yoshlarga to‘g‘ri tushuncha berganimizda to‘ylar bunday dabdabali o‘tmagan bo‘lar edi.

Qancha ota-onalar qizining, o‘g‘lining gapiga kirib, to‘y o‘tkazgan va oxir-oqibatda qancha qarzga botgan. Shuning uchun biz aprel-may oylarida 288 ta namunaviy to‘y o‘tkazdik. Bu hali hech narsa emas.

Andijon, Farg‘ona va Namanganda yurganimda ko‘chada to‘y kortejini ko‘rib qoldim. Shunda mashinalarning hammasini to‘xtatdim-da, kelin bilan kuyovni tushirib, taksiga o‘tqazib, jo‘natib yubordim. Qolgan mashinalarni esa orqaga qaytardim. Shunaqangi dabdaba endi, ko‘chada hech kimga yo‘l bermaydi. Mayli, meni yomon ko‘rsin, Yoshlar ittifoqining viloyat bo‘limi rahbarini yomon ko‘rsin, lekin tartib kerak-ku! Agar yoshlarni biz tarbiyalay olmasak, Yoshlar ittifoqi tarbiyalay olmasa biz joyimizni bo‘shatib berishimizga to‘g‘ri keladi», — deydi Qahramon Quronboyev.

Manba: daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qahramon Quronboyev: «Vodiydagi to‘y kortejini to‘xtatib, kelin-kuyovni taksiga o‘tqazib yubordim»