07:30 / 09.06.2018
4 421

MTM mudirasi pora ustida qo‘lga tushdi va uzoq yilga ozodlikdan mahrum etildi

MTM mudirasi pora ustida qo‘lga tushdi va uzoq yilga ozodlikdan mahrum etildi
Joriy yilning 24 aprel kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro shahar sudida sud raisi Sh.O‘.Ergashev boshchiligida Atayeva Shoiraga nisbatan jinoyat ishi ko‘rildi. Sudlanuvchi Sh.Atayeva 2015 yil 5 maydan boshlab hozirga qadar Buxoro shahridagi 81-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida mudira lavozimida faoliyat yuritgan edi.

2018 yil 4 aprel kuni voyaga yetmagan farzandlari bo‘lgan fuqaro Rahmatova Shahlo muassasaga murojaat qilgan. Rahmatovaning farzandlarini muassasaga qabul qilishni asossiz ravishda rad qilgan. Asos qilib bo‘sh o‘rin yo‘qligini ko‘rsatgan. 2018 yil 5 aprel kuni fuqaro Sh.Rahmatovaning qarindoshi Ro‘ziyeva Dilafro‘zni xizmat xonasiga chaqirgan. Qarindoshi Sh.Rahmatovaning farzandlarini muassasaga qabul qilishi evaziga 600.000 so‘m pora berishni talab qilgan. Sh.Atayeva mansabdor shaxs bo‘la turib, tamagirlik yo‘li bilan noqonuniy boylik orttirishni maqsadi qilgan. 2018 yil 9 aprel kuni o‘z xizmat xonasida 600.000 so‘m pullarni pora tariqasida olgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Barcha holatlarni sud to‘liq o‘rganib chiqdi. Sud Atayevani O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 2-qismining “v” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybli deb topdi. Unga nisbatan 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinladi. Shu bilan birga 2 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik bilan bog‘liq lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qildi.

Sud tomonidan hukmdan norozi taraflarga hukm e’lon qilingan kundan boshlab 10 sutkalik muddat ichida apellyatsiya shikoyati, prokuror apellyatsiya protesti, hukm qonuniy kuchga kirgach kassatsiya shikoyati, prokuror kassatsiya protesti keltirish huquqiga ega ekanligi tushuntirildi.

Qo‘shimcha: jinoyat qonunchiligi bo‘yicha tamagirlik yo‘li bilan pora olgan shaxslarga 5 yildan 10 yilgacha jazo nazarda tutilgan. Sudlanuvchiga nisbatan sud tomonidan yengillashtiruvchi holatlar hisobga olindi va jazosi yengillashtirib berildi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MTM mudirasi pora ustida qo‘lga tushdi va uzoq yilga ozodlikdan mahrum etildi