3 172
Shavkat Mirziyoyev ShHT makonida savdo munosabatlarini rivojlantirish bo‘yicha amaliy taklifni ilgari surdi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev 10 iyun kuni Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitining keng doiradagi muzokaralarida ishtirok etdi.
Unda tashkilotga a’zo mamlakatlar bilan birga kuzatuvchi maqomidagi davlatlar, xalqaro tashkilotlar delegatsiyalari rahbarlari qatnashdi.
Prezident matbuot xizmati bergan xabarlarga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyev ShHT faoliyatini takomillashtirish, savdo va transport aloqalarini rivojlantirish, xavfsizlikni mustahkamlashga doir muhim tashabbuslarni ilgari surdi.
«Joriy yil boshidan O‘zbekistonning ShHTga a’zo davlatlar, uning kuzatuvchilari va sheriklari bilan savdosi hajmi o‘ttiz foizdan ziyod oshdi. Lekin bu mavjud imkoniyatlarimizning cheki emas.
Bizning fikrimizcha, tovar ayirboshlashni yanada o‘stirish uchun eksport-import tartib-taomillarini soddalashtirish kerak.
Shuningdek, biz davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida agrosanoat klasterlarini shakllantirish hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib berishda «yashil yo‘laklar» tarmog‘ini kengaytirish tarafdorimiz», dedi davlatimiz rahbari.
ShHT makonining transport-tranzit salohiyatidan samarali foydalanish zarurligi, bu borada «Bir makon, bir yo‘l» tashabbusi doirasida mintaqalararo transport loyihalarini amalga oshirish dolzarb ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi.
Mamlakatimiz O‘zbekiston – Qirg‘iziston – Xitoy, Mozori Sharif – Hirot temir yo‘llarini qurish, shuningdek, Markaziy Osiyo – Fors ko‘rfazi, Shimol – Janub va Sharq – G‘arb transmintaqaviy yo‘laklarni rivojlantirish tarafdori ekani qayd etildi.
Prezidentimiz yuqori texnologiyalar, raqamli iqtisodiyot, muqobil energetika va zamonaviy tibbiyot sohalarida innovatsion dasturlar va loyihalarni birgalikda amalga oshirish masalalari bo‘yicha ham o‘z takliflarini bildirdi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi
Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi
Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi
Binance asoschisi to‘rt oylik qamoq jazosiga hukm qilindi
Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov klubi ixtiyoriga qaytdi
O‘zbekiston Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilayotgan Qatarga minnatdorlik bildirdi