O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Jizzax viloyat boshqarmasi xodimlari va viloyat IIB xodimlari bilan birgalikda fuqarolar Shoniyozova va Rahmonovalarning arizasiga asosan o‘tkazilgan tezkor tadbirda uch nafar fuqaro bir guruh bo‘lib, 18 mingdan ziyod AQSh dollarini noqonuniy sotmoqchi bo‘lgani aniqlandi.
Ma’lum bo‘lishicha, ular har bir AQSh dollarini 8600 so‘mdan hisoblab, jami 18 600 AQSh dollarini 150 million so‘mga sotishga kelishib olishgan.
Va’da qilingan AQSh dollaridan 5 ming AQSh dollarini berib, qolgan 13 mingdan ziyodini boshqa tanishlaridan olib kelayotganida valyutafurushlar qo‘lga olindi.
Huquqbuzarlar voqea joyidan qochishga harakat qilishdi. Lekin ko‘rilgan tezkor choralar natijasida ular qo‘lga olindi.
Ularing yonidan chiqqan 14 ming AQSh dollari va 49 ming so‘m pul mablag‘lari ash’yoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyilgan "O‘zbekiston24» telekanali tomonidan tayyorlangan lavhada. >>>VIDEO
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi