date
views 3 847

O‘zbekistonga kelgan sayyohlar xorijiy valyuta kartalarida savdo qilishi mumkin

O‘zbekistonga kelgan sayyohlar xorijiy valyuta kartalarida savdo qilishi mumkin
O‘zbekistonda xorijiy sayyohlar tomonidan turli xil sovg‘alar, milliy hunarmandchilik va mamlakatda ishlab chiqarilgan boshqa mahsulotlarni xarid qilishda xorijiy valyuta (Visa, Master Card, Union Pay) kartalarida savdo qilish bo‘yicha zarur sharoitlarni yaratish borasida muayyan ishlar olib borilmoqda. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Uzcard tizimidagi terminallarda xalqaro Union Pay kartalari qabul qilinishi tashkil etilgan bo‘lib, MIR, Visa, Master Card kartalarini qabul qilish ishlari joriy yil iyun oyi oxiriga kadar yakunlanishi rejalashtirilgan.

Bugungi kunda respublika hududi bo‘yicha savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, bank infratuzilmalari, jumladan, turistlar tashrif buyuruvchi ob’ektlarda xorijiy valyutadagi plastik kartochkalarni qabul qiluvchi 2358 terminal va 151 bankomat o‘rnatildi.

Bundan tashqari, tijorat banklari xamda protsessing markazlari tomonidan qo‘shimcha ravishda milliy va xorijiy valyutadagi kartalarni qabul qiluvchi jami 21880 terminal va 121 bankomatlar olib kelindi.

Ayni paytda respublika bo‘yicha 421 ob’ektda jami 37 valyuta ayirboshlash shoxobchasi faoliyat yuritmoqda. Shuningdek, 66 ob’ektga 81 dona bankomat va 419 ob’ektga 436 ta terminal o‘rnatilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonga kelgan sayyohlar xorijiy valyuta kartalarida savdo qilishi mumkin