15:59 / 29.06.2018
4 233

“Ozodlik radiosi” bosh muharriri O‘zbekistonga tashrifidan ko‘zlangan maqsadni aytdi

“Ozodlik radiosi” bosh muharriri O‘zbekistonga tashrifidan ko‘zlangan maqsadni aytdi
28 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga “Ozodlik radiosi” xalqaro notijorat tashkilotining bosh muharriri hamda vitsa-prezidenti Ninad Pejich tashrif buyurdi.

IIV xabariga ko‘ra, uni Vazirlikning Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi boshlig‘i general-mayor Qutbidin Burxonov qabul qilib, muhim masalalar yuzasidan muhokamalar olib bordi.

Uchrashuv davomida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev olib borayotgan insonparvarlik siyosati, profilaktika inspektorlariga yaratilayotgan imkoniyatlar, “Xavfsiz turizm” dasturi va boshqa qator masalalar bo‘yicha ma’lumotlar berildi.

Uchrashuvda “Ozodlik radiosi”ning bosh muharriri Ninad Pejich vazirlik rahbariyatiga o‘zini qiziqtirgan savollariga to‘liq javob olgani uchun minnatdorchilik bildirib, tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsadi, so‘nggi vaqtlarda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan barcha sohalardagi ijobiy o‘zgarishlarni o‘z ko‘zi bilan ko‘rib, qator masalalarni hamkorlikda hal etish uchun kelganini aytib o‘tdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Ozodlik radiosi” bosh muharriri O‘zbekistonga tashrifidan ko‘zlangan maqsadni aytdi